Texnologiya | 18:03 / 20.05.2016
4599
2 daqiqa o‘qiladi

"O‘ztransgaz" va "Hyundai BS&C" kompozit gaz ballonlarini ishlab chiqarishadi

"O‘zbekistonning neft sohasi: texnologiyalar, investitsiyalar va taraqqiyot" nomli 20-xalqaro konferensiya OGU-2016 Xalqaro forumi doirasida bugun o‘z ishini davom ettirdi. 

To‘rtinchi majlis gazni qayta ishlash bo‘yicha loyihalar taraqqiyoti masalalarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlandi. Bu yerda neft-gaz sanoatining nafaqat mahalliy, balki xorijiy ekspertlari ham ishtirok etishdi. 

Qatnashchilarining ma'ruzalari "Ko‘mir va gazdan suyuq yoqilg‘i olish texnologiyasi", "Ishlab chiqarish talablariga javob beruvchi iqtisodiy jihatdan samarali va innovatsion qarorlar" kabi mavzularga bag‘ishlandi. 

Beshinchi majlisda O‘zbekistonda neftni qayta ishlashni rivojlantirishga doir masalalar hal qilindi. 

Oltinchi majlisda esa energiya samaradorligini ko‘tarish masalalari ko‘rib chiqildi.

"O‘zbekistonning neft sohasi: texnologiyalar, investitsiyalar va taraqqiyot" nomli 20-xalqaro konferensiyasi TUV Thuringen sertifikatsiyasi bo‘yicha xalqaro tan olingan Germaniya sertifikatlarining tantanali topshirish marosimi bilan tugallandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish