O‘zbekiston | 14:41 / 21.05.2016
28381
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onalik 4-sinf o‘quvchisi Prezident Islom Karimovni madh etdi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan “Kamolot” YoIH hamda Yoshlar madaniyat va san'at markazi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” yoshlar festivali o‘tkazilayotgani haqida bir oz avval xabar bergan edik.

Ushbu san'atkorlar qatorida xonanda Tohir Usmonov ham Instagram’dagi sahifasi orqali kichik bir videolavhani joylashtirib, ostiga “Farg‘onalik Zulfiyaxonim izdoshlari” deya izoh bitgan. 

Videolavhada Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 64-umumta'lim maktabining 4“A” sinf o‘quvchisi Mahsuma Abdulahadova  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga atab yozgan she'rini madh etgan.

Jaji beg‘ubor qalb egasi Mahsuma Abdulahadova o‘qigan she'rni e'tiboringizga havola etmoqdamiz. 

“Mehmon bo‘lib keling qishlog‘imizga,
Bir piyola choy ustida suhbat quramiz.
Tinch, osuda hayot qurib bergansiz.
Kelajak haqida o‘ylar suramiz. 

Sochingiz oqiga havasim keldi,
Almashgum sochimning tolalarini.
Bizni deb ko‘zingiz nurlari ketdi
Bersaydim ko‘zimning qoralarini. 

Butun bir dunyoga hali ko‘rasiz,
O‘zbekning kimligin eslatib qo‘yay.
O‘shal Amriqoyu Yevropalikni,
Lol bo‘lib yoqasin tutganda ko‘ray. 

Hali katta bo‘lay, Islom bobojon,
Siz uchun ataylab doston bitaman.
Kashtalab bu baytni ajib matoga.
Yuz yoshingizda sizga hadya etaman”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish