Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keniyada 13 milliard dollarlik temiryo‘l qurilishi davom etmoqda
Aytish joizki, bugungi kunda Afrikaning Keniya davlatida jadal sur'atlarda davom etayotgan temiryo‘l loyihasi, mamlakat mustaqillikni qo‘lga kiritgan 1963 yildan beri amalga oshirayotgan eng yirik sarmoyaviy loyiha hisoblanadi.
Sharqiy Afrika mamlakatining 13,8 mlrd dollarlik temiryo‘lning birinchi bosqichi poyoniga yetish arafasida. Aslida, Mombasa va Nayrobi shaharlarini o‘zaro bog‘lashi rejalashtirilgan loyiha kengaytirilib, liniyani Nayvasha bozor shaharchasi bilan bog‘lashga qaror qilingan.
Mombasa-Nayrobi o‘rtasidagi ilk temiryo‘li 2017 yil iyun oyida foydalanishga topshiriladi. Uning ishga tushirilishi bilan, ikki shahar o‘rtasidagi 12 soatlik yo‘lni 4 soatda bosib o‘tish imkoni paydo bo‘ladi.


