Jahon | 15:42 / 21.05.2016
4985
1 daqiqa o‘qiladi

Qoratanli o‘smirni otgan politsiyachi pistoletini 250 ming dollarga sotdi

2012 yili AQShning Florida shtatida, qurollanmagan qoratanli o‘smir Treyvon Martinni otib o‘ldirgan politsiyachi Jorj Tsimmerman, o‘sha hodisada qo‘llagan pistoletini kimoshdi savdosida 250 ming dollarga sotganini ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Jorj savdodan tushgan mablag‘larini «Black lives matter» guruhi tomonidan politsiyachilarga nisbatan amalga oshiriladigan zo‘ravonliklar hamda AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Xillari Klintonning "aksilo‘qotar qurollar g‘oyasi"ga qarshi kurashishga yo‘naltiradi.