Sport | 18:54 / 21.05.2016
5054
1 daqiqa o‘qiladi
Moskvaning "Dinamo" jamoasi birinchi marta quyi divizionga tushib ketdi
Moskvaning "Dinamo" futbol klubi, futbol bo‘yicha Rossiya birinchiligining so‘nggi turida Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasiga o‘z uyida 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi va klub tarixida birinchi marta quyi divizionga tushib ketdi.
O‘yinda gollarni Artem Dzyuba (59-daqiqa), Aleksandr Kokorin (63) va Domeniko Krishito (90+penaltidan) kiritdi.
Moskva klubi musobaqa jadvalida 25 ochko bilan 15-o‘rinni egalladi.
Sobiq ittifoq va Rossiyaning barcha chempionatlarida qatnashgan "Dinamo" futbol jamoasi eng mashhur va ko‘plab unvonlarga ega klublardan biridir.
Uning hisobida, 11ta SSSR chempionligi bor. Bundan tashqari, u 6 karra SSSR kubogi, bir martadan Rossiya kubogi va SSSR superkubogi sohibi bo‘lgan.