Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA Plutonda sayyora landshaftiga xos bo‘lmagan kenglikni aniqladi
Amerikaning New Horizons stansiyasi Quyosh tizimidagi eng so‘nggi sayyora- Pluton yuzasini suratga oldi. Suratlarni o‘rgangan olimlar, sayyorada o‘ziga xos ayricha kenglikni aniqlashgan, deb xabar qilmoqda NASA agentligi.
Ushbu hudud, mitti sayyora va Quyosh tizimi uchun noyob landshaftga ega. Mintaqaga norasman "Venera yerligi" deb nom berildi.
Aniqlik kiritilishicha, Venera yerligi ko‘pburchakli bloklar shaklidagi tekisliklardan iborat bo‘lib, ular bir-biridan eni 3-4 kilometrni tashkil etuvchi qoratusdagi kanallar bilan ajrab turadi.
Bundan tashqari, diametri 25 km. lar keladigan kraterlar ham ko‘zga tashlanadi. Bu yalanglikning ancha muddat avval paydo bo‘lganini bildiradi.
NASA suratlarida metan muzliklariga boy hududlarni ham ko‘rish mumkin. Ular binafsharangda qayd etilgan. Qattiq ko‘rinishdagi metan Pluton tabiiy sharoitlari sublimatsiyasiga ta'sirchan hisoblanadi.
