Sport | 13:52 / 21.05.2016
6061
1 daqiqa o‘qiladi

Neymar “Barselona”da eng katta oylik borasida ikkinchi o‘yinchi bo‘ladi

“Barselona” klubi hujumchisi Neymar yozgi transfer vaqtida klubni tark etmoqchi emas.

Futbolchi jamoa bilan 2022 yilgacha bo‘lgan yangi shartnoma imzolagan va tez orada bu haqda rasman ma'lum qilinadi.

Braziliyalik futbolchi “PSJ”dan kelgan moddiy tomonlama ancha yaxshiroq taklif rad etgan. Ma'lum qilinishicha, “parijliklar” Neymar uchun “Barselona”ga 190 mln yevro taklif qilgan va uni eng katta maosh oladigan futbolchi qilmoqchi bo‘lishgan.

Neymarning “Barselona” bilan yangi shartnomasiga ko‘ra, uning tovon puli 225 mln yevro qilib belgilangan. Shuningdek, futbolchi maoshning ko‘pligi borasida jamoada Messidan keyin ikkinchi o‘yinchiga aylanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish