Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliyada qayta tiklanuvchi energiya manbaidan foydalanildi
Portugaliya tarixda ilk bor qayta tiklanuvchi energiya manbalari — quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalari yordamida to‘rt kunni o‘tkazdi. Bu haqda milliy elektr tarmog‘i ma'lumotlari asosida The Guardian xabar bermoqda. Butun mamlakat qayta tiklanuvchi quvvat manbalari asosida 107 soatni: 7 mayning tonggi 6:45 dan 11 mayning 17:45 gacha o‘tkazgan.
«Biz bu tajribani butun Yevropada qo‘llab ko‘ryapmiz. O‘tgan yili Daniyada ushbu sinovlar o‘tgan edi, bu yil esa Portugaliyada. Bu mamlakat qayta tiklanuvchi quvvat manbalariga boy o‘lka. Bu nafaqat mamlakat uchun balki butun Yevropa uchun foydalidir», — dedi Portugaliya shamol energiyasi uyushmasi spikeri.
O‘tgan yilda 22 foiz shamol energiyasi olingan edi. Mamlakatni tiklash uchun esa bu talab 48 foizni tashkil etgan edi.