Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruminiya terma jamoasining eng yaxshi to‘purari o‘z faoliyatini yakunladi
Ruminiyaning "Tirgu-Muresh" futbol klubi hujumchisi Adrian Mutu professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.
"Futbol maydonida uzoq yillardan keyin to‘xtash va faoliyatni yakunlash vaqti keldi. Menga ishda va hayotda yordam berganlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men to‘p surgan barcha klublar va ayniqsa "Fiorentina"ga rahmat aytmoqchiman. Ruminiya termasiga rahmat, men hanuzgacha 35 ta to‘p bilan terma jamoaning eng yaxshi to‘purariman. Men doimo orzu qilganimni – muxlislar muhabbatini qozona oldim. Bu bebahodir. Mening bolalikdagi orzuimning amalga oshishida ko‘mak bergan barchaga rahmat. Men faoliyatim davomida olgan hissiyotlarim abadiy men bilan qoladi". deb aytdi Mutu.
37 yoshli futbolchi joriy mavsumda Ruminiya termasining 4 ta o‘yinida ishtirok etdi.
Mutu "Inter", "Verona", "Parma", "Chelsi", "Yuventus", "Fiorentina", "Chezena", "Ayachcho" kabi jamoalarda to‘p surgan. Futbolchi Ruminiya termasi safida 77 o‘yinda maydonga tushib, 35 ta to‘p muallifiga aylangan.