Jahon | 11:04 / 22.05.2016
5028
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik harbiylar “Tolibon” yetakchisini yo‘q qilish uchun amaliyot o‘tkazdi

“Tolibon” terroristik guruhi rahbari Mulla Axtar Mansur Afg‘onistonning Pokiston poytaxtiga yaqin chet hududida amerikalik harbiylarning avianishoniga aylandi. Bu haqda Reuters xabar qildi. 

AQSh hukumati vakilining aytishicha, Axtar Mansur borligi ehtimol qilingan obekt uchuvchisiz samolyot yordamida yo‘q qilingan. 

Mutasaddining so‘zlari bo‘yicha, havo hujumi prezident Barak Obama tomonidan tasdiqlangan.