Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshda 20 kishi "Roanu" sikloni qurboniga aylandi
Bangladeshning janubiy sohillariga 21 mayda yopirilgan "Roanu" tropik sikloni oqibatida yuz bergan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Tsiklon sohillarga tushlikka yaqin yetib kelgan. Ofat markazidagi shamol tezligi soatiga 88 km ga yetgan. Hukumat sohilbo‘yi hududlaridan 500 mingga yaqin kishini evakuatsiya qilgan, biroq dastlab 2 mln kishi evakautsiya qilingani ma'lum qilingandi.
Ayni vaqtga kelib ob-havo yaxshilanishi boshlagan, ko‘pchilik o‘z uylariga qaytmoqda. Biroq qutqaruvchilar mamlakatning janubi-sharqiy qismidagi qoyali hududlarda yangi ko‘chkilar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirmoqdalar.