Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dzagoyev Yevropa-2016’ni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi
Moskvaning TsSKA klubi yarimhimoyachisi Alan Dzagoyev yaqin kunlarda Fransiyada boshlanadigan 2016 yilgi Yevropa chempionatini jarohati tufayli o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Uning o‘rniga chempionatga "Krasnodar" futbolchisi Dmitriy Torbinskiy boradi, deb xabar bermoqda Rossiya futbol ittifoqi rasmiy sayti.
Ta'kidlanishicha, Dzagoyev Rossiya chempionatining oxirgi turida "Rubin" bilan urashuvda jarohat olgan. Eslatib o‘tamiz, aynan Alanning Qozon klubi darvozasiga urgan goli armiyachilarga Rossiya chempioni unvonini keltirdi.
Dzagoyev tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, unda ikkinchi oyoq kaftining bo‘g‘imichi sinig‘i aniqlangan.