Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google birinchi modulli smartfon ishlab chiqaradi
Google kompaniyasi o‘z muxlislarini bozorga innovatsion modulli smartfon chiqarishi haqidagi yangilik bilan xursand etdi. Bu haqda Google I/O 2016 anjumanining oxirgi kuni ma'lum qilindi. Kompaniya xodimlari Project Ara loyihasi doirasida loyihalangan qurilmaning ishchi namunasini namoyish qildi.
Taqdimot vaqtida Google muhandisi kamera modulini almashtirdi va surat oldi. Bunda qurilmani qayta yuklashga hojat bo‘lmagan. Ba'zi modullarni korpusdan ovozli buyruq bilan uzsa bo‘ladi, buning uchun "OK, Google, (kamerani) olib tashla" deyish kifoya qiladi. Foydalanuvchilar modulli tizim evaziga o‘z qarashlaridan kelib chiqib smartfonni o‘zlari mustaqil takomillashtirishlari mumkin. Misol uchun, tezkor xotirani oshirish, yuqori sifatli kamera, kuchliroq protsessor va kattaroq sig‘imdagi akkumulyator o‘rnatishlari mumkin.
Ta'kidlanishicha, yangi konstruksiya bir qurilmada Project Ara’ning 6ta moduligacha qo‘llashni ko‘zda tutadi, shu bilan birga ularni joylari bilan almashtirish mumkin bo‘ladi. Google smartfonlarni ishlab chiqaruvchilar uchun shu kuzdayoq yetkazib berishni boshlaydi, qurilmaning sotuvga mo‘ljallangan yechiluvchi modulli versiyasi 2017 yilda – rejalashtirilgandan ikki yil keyin paydo bo‘ladi.