Xitoy vaziri Shanxay hamkorlik tashkiloti xususida fikr bildirdi
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Ipak yo‘li iqtisodiy kamarining Yevropa iqtisodiy hamkorligi bilan birlashuv maydoni bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Bishkek matbuot konferensiyasida Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashuvdan keyin vazir, “Shunday yo‘l tutish lozimki, ShHT Ipak yo‘li iqtisodiy kamarining Yevropa iqtisodiy hamkorligi bilan tezkor birlashuv maydoniga aylansin”, - deya ma'lum qildi.
Va I rasmiy tashrif bilan 22 may kuni Qirg‘izistonga kelgan. Qirg‘izistonlik hamkasbi bilan ular ikki tomonlama munosabatlar hamda aloqalarni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishdi. Vazirning aytishicha, bu yo‘lda asosiy yo‘nalish ishlab chiqarish kuchlanishlari, infratuzilma aloqalari, savdo va sarmoya sohalarini rivojlantirish borasidagi hamkorlik bo‘ladi.
Xitoylik vazir Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan ham uchrashadi.