Jahon | 16:28 / 23.05.2016
3234
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston va Eron Chobahor portini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvni imzoladi

Eron va Hindiston hukumatlari, Eronning Chobahor portini rivojlantirishga oid ikki tomonlama kelishuvni imzoladi. Rasmiy Dehli va Tehron, Chobahorni Chobahor-Zohidon-Zaranj transport yo‘lagining yirik portiga aylantirmoqchi.

Hujjatlarni imzolash marosimi,  Tehronga tashrif buyurgan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida tashkil etilgan. 

Times Now telekanalining xabar qilishicha, Indian Ports Global Private va Eronning Arya Banadar kompaniyalari Chobahor portini rivojlantirishning birinchi bosqichi yuzasidan kelishuvni imzolagan. Unga ko‘ra, ikkita terminal va 5ta multimodal bandargoh barpo etiladi. Hindistonning EXIM banki esa, mazkur bitimni moliyalashtirish uchun 150 mln dollar ajratadi. Umuman, Hindiston tomoni ushbu bitim uchun 200 mln dollar ajratadi. 

Umuman, Hindiston va Eron 2015 yili Chobahor porti bo‘yicha anglashuv memorandumini imzolagan edi. Hindiston portni rivojlantirish barobarida Chobahor-Zohidon-Zaranj avtoyo‘li vositasida bilan Pokistonni aylanib o‘tgan holda, Markaziy Osiyo mintaqasiga yo‘l ochadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish