Jamiyat | 19:15 / 23.05.2016
2995
2 daqiqa o‘qiladi

Istambulda Butunjahon gumanitar sammiti ish boshladi

Bugun 23 may kuni Turkiyaning Istambul shahrida jahon tarixida ilk marotaba Butunjahon gumanitar sammiti o‘z ishini boshladi. U umuminsoniy qadriyatlarga turtki berish maqsadida tashkil etilgan, deb xabar qilmoqda BMT yangiliklar markazi. 

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Sammitda 177 davlat vakillari, shu jumladan, 65ta davlat va hukumat rahbarlari qatnashmoqda. Sammit kun tartibi insonparvarlik sohasida 5ta asosiy yo‘nalishni qamrab oladi:

— ziddiyatlarga barham berish va oldini olish;
— jangovar harakatlar olib borish qoidalariga rioya etish;
— hech kim unutilmasligi kerak;
— ehtiyojlarga barham berish usullarini o‘zgartirish;
— butun insoniyat manfaatlarini himoya qilish uchun sarmoya kiritish.

Ushbu xalqaro Forum ikki kun davom etadi, 7ta muzokaralar davrasi, 15ta maxsus sessiyalar bo‘lib o‘tadi. Yuzlab mavzuda anjumanlar tashkil etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish