Jahon | 15:24 / 23.05.2016
2749
2 daqiqa o‘qiladi

Panama soliq ma'lumotlarini almashish to‘g‘risidagi birinchi bitimni imzoladi

Yaponiya va Panama soliq ma'lumotlarini almashish haqidagi bitimni imzoladi, deb xabar beradi Kyodo News. Bu harakatlar "Panama qog‘ozlari" mojarosi bilan bog‘liq.

Bitim davlatlar ichki jarayon tartibini nazorat ostiga olishganidan so‘ng imzolanishi ta'kidlandi, bu hukumat vakillariga ofshor mintaqada kompaniyalarning bank hisobvaraqlari haqidagi ma'lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashish imkonini beradi.

Bu Panama uchun hujjatlar yo‘qolgandan keyingi birinchi shartnoma. 

Bundan avval Yevroittifoq "soliq bandargohlari"ga qarshi sanksiyalar kiritishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. 

3 prel kuni OCCRP, ICIJ va jurnalistlarning keng doirali tadqiqoti natijasida dunyo yetakchilari, siyosatchilari, sportchilari va madaniyat arboblarining ofshor bitimlariga aloqador ekanligini bildiruvchi ro‘yxat chop etilgan. Ro‘yxatda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov, shuningdek Rossiyaning iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha vaziri Aleksey Ulyukayev, Ukraina prezidenti Petro Poroshenko, Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron, Islandiya bosh vaziri Sigmyundyur Gyunnleygsson, Jyeki Chan, Lionel Messi kabi taniqli shaxslarning nomlari qayd etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish