Jahon | 10:47 / 23.05.2016
4541
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada o‘smir yo‘lovchilar taksi haydovchisini o‘ldirib qo‘ydi

Krasnoyarskda uch nafar o‘smir taksi haydovchisi o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan uch yosh yigit taksiga o‘tiradi va haydovchi bilan tortishib qoladi. Yo‘lovchilardan biri haydovchining bo‘yniga pichoq urgan. Og‘ir jarohatdan erkak jon taslim qiladi. Qabih o‘smirlar mashinada qochib ketmoqchi bo‘lgan, biroq avtomobil o‘chib qolgani uchun uni yoqib yuborishadi.

23 mayga o‘tar kechasi politsiyaga 1967 yilda tug‘ilgan erkak jasadi hamda yonayotgan avtomobil to‘g‘risida xabar qilindi. 

Qotillikka qanoat qilmagan manqurtlar o‘sha kechasi boshqa bir yo‘lovchiga pichoq bilan tahdid qilib mobil telefonini tortib olishgan. Huquqni muhofaza qilish organ xodimlari jinoyatchilarni qo‘lga oldi. Hozir ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. O‘smirlarga 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi xavf solmoqda.

Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravishda xabardor bo‘lish uchun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo bo‘ling.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish