O‘zbekiston | 15:05 / 23.05.2016
3574
1 daqiqa o‘qiladi

Urganch shahar hududida avtobuslardan foydalanishdagi joriy yo‘l haqi oshiriladi

Xorazm viloyatining Urganch shahrida joriy yilning 15 iyunidan avtobuslardan foydalanishda joriy etilgan yo‘l haqi 700 so‘mgacha oshirilishi rejalashtirilgan.

Viloyat hokimining mavjud tarifni o‘zgartirish haqidagi qarori loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e'lon qilingan.

Ayni damda avtobuslardan foydalanish uchun joriy etilgan yo‘l haqi 600 so‘mni tashkil etadi. Shuni ta'kidlash lozimki, viloyat hokimining qarorida fuqarolarning bir qator toifasi uchun tekin foydalanish imtiyozi ko‘zda tutilgan.

Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravishda xabardor bo‘lish uchun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo bo‘ling.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish