Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya mudofaa vazirligi KXDR bilan muzokaralarni rad etdi
Janubiy Koreya respublikasi mudofaa vazirligi, rasmiy Pxenyan yadrosizlanishni boshlamas ekan, KXDR bilan hech qanday muzokaralar o‘tkazilmaydi, deb xabar qilmoqda «Yonxap» agentligi.
Seulda qayd etishlaricha, yadro qurolidan voz kechish masalasi, ikki Koreya o‘rtasidagi muloqotda bosh mavzu bo‘lishi lozim.
«Shimoliy Koreya o‘z yadro qurolini yodga olmasdan muzokaralar o‘tkazish taklifini ilgari surishi munosabati bilan, taassuf bildiramiz», — degan Janubiy Koreya mudofaa vazirligi vakili Mun Sang Gyun.
Rasmiy Seul, hozircha Pxenyan ma'muriyati bilan muloqot o‘tkazish vaqti emas, deb hisoblamoqda.
Bundan avval, KXDR yetakchisi Kim Chen Inning, harbiylar darajasida ikki tomonlama muzokaralarni boshlash taklifini, Janubiy Koreyaning birlashish ishlari bo‘yicha vazirligi rad etgan edi.