Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:14 / 24.05.2016
6305
1 daqiqa o‘qiladi
Afg‘onistonda tolibonlarning "soyadagi yetakchisi" o‘ldirilgani haqida ma'lum qilindi
Afg‘oniston qurolli kuchlari G‘ilmon viloyatida o‘tkazilgan harbiy amaliyot natijasida "Tolibon" jangarilarining "soyadagi yetakchisi" mulla Muzamelni yo‘q qilgan. Bu haqda viloyat gubernatorining matbuot kotibi Obar Zvakka asoslanib, Reyter xabar tarqatgan.
"U olingan og‘ir jarohatlari tufayli halok bo‘ldi", deyilgan xabarda.
Uning aytishicha, maxsus amaliyot natijasida Muzamelning yonida bo‘lgan yana 2 nafar harbiy qo‘mondon yo‘q qilingan.
Tolibonlar bu ma'lumotni tasdiqlamayapti.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish