Jahon | 00:13 / 24.05.2016
5049
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Davlat departamenti: Asad yarashuv tartibini mensimayapti

AQSh Davlat departamenti vakili Mark Toner Suriya prezidenti Bashar Asad o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga mensimaslik bilan qaramoqda, deb aytdi. Bu haqda AQSh Davlat departamentining rasmiy bayonotida aytilmoqda

"Biz Halab va Darada kuchayayotgan Asad zarbalari, shaharlarning qamal qilinishi va insonparvarlik yordamining yetkazilishiga to‘sqinlik qilishni to‘xtatishga chaqiramiz. Bu harakatlar Asadning harbiy harakatlarni to‘xtatish tartibiga, BMT Xavfsizlik kengashining 2254 rezolyutsiyasiga, ixtilofning siyosiy tartibga solinishida olg‘a surilishlar bo‘yicha sa'y-harakatlarga hamda insonparvarlik yordamini yetkazishni yengillashtirish bo‘yicha o‘z majburiyatlariga mensimaslik bilan qarashini namoyish qiladi", deb aytdi Toner. 

Tonerning aytishicha, "shu sababli Rossiya tinch aholi halok bo‘layotgan Asadning hujumkor harakatlarini to‘xtatish maqsadida Asad tuzumiga bosim o‘tkazish uchun javobgarlikka egaligini" ta'kidlab o‘tdi.

Avvalroq AQSh Rossiyani Asad yarashuv tartibini buzishni to‘xtatishi uchun unga ta'sir ko‘rsatishga bir necha marotaba chaqirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish