Jahon | 13:55 / 24.05.2016
3417
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karter Trampni irqchilikda aybladi

AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karter respublikachilardan davlat rahbarligiga nomzod Donald Trampni hozirgi prezident Barak Obamaga nisbatan irqchilikka yo‘l qo‘yganlikda ayblamoqda. Bu haqda u The New York Times nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Karterning aytishicha, respublikachilar, xususan Tramp irqchilik nuqtai nazaridan Obamaga nisbatan dushmanona kayfiyatda. Bu esa, uningcha, AQShda irqchilik muammosi hamon saqlanib qolganini namoyish etadi. 

“Men so‘nggi ikki-uch yilda bizning davlatimiz irqchilik muammosini yetarli hal qila olmaganimizni tushunib yetdi deb hisoblayman”, - ma'lum qildi sobiq prezident. 

Karter prezidentlik kursisi poygalarida Trampning muvaffaqiyatidan hayron emas. Uning taxminiga ko‘ra, AQShdan meksikaliklarni chiqarib yuborish hamda musulmonlarning kirishini taqiqlashga da'vat etayotgan milliarder “to‘planib qolgan irqchilik dushmanligi zahirasini tashqariga chiqarib yubordi”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish