Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 18:46 / 24.05.2016
3145
1 daqiqa o‘qiladi
«Arsenal» stadionida yong‘in tufayli evakuatsiya amalga oshirildi
Londonning «Arsenal» jamoasi stadionida yong‘in haqidagi xabardan keyin evakuatsiya ishlari amalga oshirilgan. Bu haqda The Sun tabloidi xabar tarqatdi.
Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, stadion hududidagi oshxonalardan birini qalin tutun qoplagach, evakuatsiya ishlari boshlangan. Bu vaqtda stadion hududida 1500 nafar atrofidagi kishi bo‘lgan. Ular OAV uchun tashkillashtirilgan marosimga kelishgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish