Jamiyat | 21:25 / 24.05.2016
8134
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada qoyaga o‘yilgan 14 ming yillik rasmlar aniqlandi

Ispaniyaning Biskayya viloyatidagi (Basklar mamlakati muxtor viloyati) g‘orlardan birida qoyaga o‘yib chizilgan rasmlar aniqlandi. Bu haqda bu rasmlarni aniqlagan arxeolog Diyego Garate ma'lum qildi

Uning aytishicha, gap Berriatua viloyatidagi turli hayvonlarning g‘ordagi 70 ta surati haqida ketmoqda. Bu suratlar 1934-1935 yillarda ispan olimi Xose Migel de Barandiaran tomonidan aniqlangan. Eurasia Press agentligining ma'lum qilishicha, suratlarning yoshi 14 ming yilni tashkil qiladi.  

Garatening aytishicha, suratlarni endigina ochishga muvaffaq bo‘lingan, chunki kerakli joyga yetib borish murakkablik qilgan: u g‘orga qiraverishdan deyarli 300 metr masofa ichkarida joylashgan. Bundan tashqari, arxeologning aytishicha, g‘ordagi ba'zi tirqishlar shunchalik tor bo‘lganki, ulardan sudralib o‘tishga to‘g‘ri kelgan. 

Garatening fikricha, "bu ixtiro juda muhim" hisoblanadi. U ko‘pchilik holatlarda gap bizonlar va otlar haqida ketishi, biroq suratlar orasida echkilar, bug‘ular va boshqa hayvonlarni ham uchratish mumkinligini aytgan.

Arxeologning aytishicha, g‘orni tadqiq qilish davom ettiriladi. Olimlar bu g‘orga xavfsizlik nuqtai nazaridan kirishga ruxsat berishmayapti. Biroq suratlarni ko‘rmoqchi bo‘lganlar ularni olimlar yaratayotgan 3D formatda ko‘rsatuvchi maxsus dasturda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish