Sport | 19:23 / 24.05.2016
5183
1 daqiqa o‘qiladi
Luchesku rasman «Zenit» bosh murabbiyi sifatida e'lon qilindi
«Zenit» ruminiyalik mutaxassis Mirchi Lucheskuni jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida e'lon qildi. Ushbu mutaxassis bilan kelishuv 2 yil muddatga tuzilgan va bu kelishuv keyinchalik yana 1 yilga uzaytirilishi mumkin.
«Zenit» Mirchu Lucheskuni Sankt-Peterburgda ko‘rishdan mamnun, endi yangi murabbiy bilan g‘alabalar sari! Bun venit, Mister!» — deyiladi piterliklar jamoasi rasmiy saytidagi xabarda.
2004 yildan 2016 yilgacha Ukrainaning «Shaxtyor» jamoasida ishlagan Luchesku 22 may kuni bu jamoani tark etgandi. U donetskliklar jamoasi bilan ichki chempionatda 8 marta g‘olib chiqqan, 6 marta Ukraina Kubogida g‘alaba qozongan, 7 marta Superkubokka ega bo‘lgan va bir marta UYeFA Kubogida zafar quchgan.