Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina politsiyachilari Turkiyada tayyorgarlikdan o‘tadi
BMT Butunjahon gumanitar sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazgan Turkiya va Ukraina prezidentlari Rejyep Tayip Erdo‘g‘an hamda Petr Poroshenko, ukrain politsiyachilari Turkiya hududidagi mashg‘ulotlarda qatnashishiga kelishib olishgan. Bu haqda, Poroshenko feysbukdagi sahifasida ma'lum qilgan.
«Ukraina huquq-tartibot idoralarining o‘rtacha 3 ming nafar xodimi yaqin orada Turkiyada mashg‘ulotlarda qatnashadi, treninglarda ishtirok etadi. Bu ikki mamlakat politsiyachilari o‘rtasidagi eng samarali hamkorlikdir», — deb yozgan Ukraina prezidenti.
Tomonlar, shuningdek, ukrainlarning Turkiyada ko‘proq qolishiga imkon berish maqsadida, milliy vizalar muddatini 90 kungacha oshirishga kelishib olgan.
Bundan avval, Poroshenko Turkiya hukumati, Ukrainaga 5ta harbiy ko‘chma gospital taqdim etgani haqida ma'lum qilgan edi. Ular, aksilterroristik amaliyotlar o‘tkazilayotgan Ukraina sharqiga yuboriladi.