Sport | 19:36 / 24.05.2016
4803
1 daqiqa o‘qiladi

Zidan: «Ronaldu YeChL finaliga tayyor bo‘ladi»

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Krishtianu Ronalduning jarohati va uning YeChL finaliga tayyorgarlik jarayoni haqida fikr bildirib o‘tdi.

«Krishtianu Ronaldu bilan hech qanday muammo bo‘lmaydi. Ehtiyotkorlik nuqtai nazaridan u shanba kungi mashg‘ulotlarda qatnashmadi. Finalga tayyor bo‘ladi.

Futbolchilarimizning barchasi juda yaxshi formada. Xames va Arbeloa boshqalardan ancha yaxshiroq. Yagona yo‘qotishimiz - Varan.

Simeone bizning qarshi hujumga tayangan holda o‘ynashimizni kutayotgandir? Shanba kelsin, barchasini ko‘ramiz.

«Atletiko»dan bunday o‘yinda yengilish og‘ir bo‘ladimi? Men bunday fikrda emasman. Finalda yengilish har qanday holatda ham og‘ir. Lekin bu haqda o‘ylash bilan emas, jamoani o‘yinga tayyorlash bilan band bo‘lishim kerak», - deydi Zidan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish