Jahon | 06:54 / 25.05.2016
4892
1 daqiqa o‘qiladi

BMT: Suriyadagi teraktlar harbiy jinoyatlar sifatida baholanishi mumkin

Suriyaning Jabla va Tartus shahrida yaqinda sodir etilgan teraktlar harbiy jinoyatlar sifatida baholanishi mumkin, deb aytilmoqda BMTning inson huquqlari buzilishi bo‘yicha tergov komissiyasi rasmiy bayonotida.

"Tartusda asosiy nishon avtobus bekati bo‘lgan. Jablada hujumlar shifoxonaga qaratilgan bo‘lgan, oqibatda bemorlar, bemorlar oldiga kelgan ularning oila a'zolari, shifokor va hamshiralar halok bo‘lgan", deb aytilmoqda hujjatda.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, "himoyalanmagan joylarga hujum qilish hamda fuqarolik va harbiy nishonlar o‘rtasida farqlanish qilinmaydigan hujumlar o‘zidan harbiy jinoyatlarni namoyish qiladi. Ular Suriyada tinch aholini himoyalash uchun qo‘shimcha choralarning muhimligini ta'kidlab o‘tishdi.   

Avvalroq Jabla va Tartusdagi teraktlarda kamida 120 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish