Jahon | 15:55 / 25.05.2016
4122
1 daqiqa o‘qiladi

Kiyev Savchenkoning Ukrainaga qaytarilganini rasman tasdiqladi

Rossiya tomonidan asirlikda saqlab kelingan ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenko vataniga qaytarilgan. Bu haqda Ukraina prezidenti ma'muriyatidagi manbaga asoslangan holda Associated Press xabar tarqatdi.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, u Ukrainada asirlikda bo‘lgan rossiyalik harbiylar Yevgeniy Yerofeyev va Aleksandr Aleksandrovga almashtirildi. Rossiyalik asirlar ham ayni vaqtda vataniga qaytgan.

Ikki tomondan samolyotlar deyarli bir vaqtda havoga ko‘tarilgan.

Ayni vaqtda ikki samolyot ham manzilga qo‘ngan. Savchenkoni olib qaytish uchun Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoning samolyoti Rostovga uchgan.

Bundan oldinroq, asirlarni almashish bo‘yicha jarayon ketayotgani haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish