Jahon | 20:03 / 25.05.2016
6810
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Savchenkoni "Oltin yulduz" ordeni bilan taqdirladi

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko uchuvchi Nadejda Savchenkoni "Oltin yulduz" ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda "112 Ukraina" telekanali xabar berdi.

Prezident ma'muriyatida xabar berilishicha, Savchenko "Batkivshinlar" partiyasi deputati sifatida Minsk kelishuvlari bajarilishi uchun barcha ishni qiladi.

"Barchasi istisnolarsiz. Uzoq Avstraliyadagilar ham, uzoq Yaponiyadagilar ham Savchenkoning o‘z uyiga qaytishi kerakligi haqida muhim talablarini ilgari surishdi", deydi Poroshenko.

Savchenkoga 2015 yilning 2 mart kunida "Ukraina qahramoni" unvoni berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish