Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik oila yong‘indan qutilish maqsadida beshinchi qavatdan sakradi
Rossiyaning Vladimir oblasti Strunino shahrida dramatik hodisa ro‘y berdi. Gap shundaki, bu yerda butun boshli bir oila, ko‘pqavatli uyning 4 qavatida yuz bergan alanga domidan qutilish uchun, pastga sakrashga qaror qilgan. Qo‘shnilar, pastda gilam tortib turishgan, bir necha kishi esa, fojyea bilan tugashi mumkin bo‘lgan dahshatli voqeani mobil telefoniga muhrlashga ham ulgurgan.
Dastlab, oila boshlig‘i ko‘krak suti yoshidagi bolani pastga uloqtirgan. So‘ngra undan kattarog‘i gilam tutib turganlar tomon tashlangan. Shundan so‘ng, bolalarning onasi yerga sakragan. Oila boshlig‘i sakrash chog‘ida biroz omadsizlikka uchragan, u gilam chetiga tushgani bois, jarohat olgan. O‘t o‘chiruvchilar esa, jarohatlangan kishi shifoxonaga olib ketilgach, voqea joyiga yetib kelishgan. Ular, guvohlarning so‘zlaridan so‘nggina, nima yuz berganidan xabardor bo‘lishgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, oila boshlig‘ining sovuqqonligini e'tirof etgan holda, sakrash fojyea bilan tugashi ham mumkin bo‘lganini qayd etgan. Chunki, sakraganlar birinchi qavat soyaboniga kelib urilishlari ehtimoli katta edi. Ayni vaqtda, ular to‘rtinchi qavatda sodir bo‘lgan yong‘indan chiqayotgan tutundan halok bo‘lishlari ham mumkin edi, deyishgan favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili. Ma'lum bo‘lishicha, yong‘inga qo‘shni ayolning taom tayyorlashda yo‘l qo‘ygan xatosi sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda "Rossiya 24" telekanali.