Fan-texnika | 22:58 / 25.05.2016
4169
1 daqiqa o‘qiladi
Ruminiyalik xaker Xillari Klintonning pochtasini buzib kirganini tan oldi
AQSh adliya vazirligi Xillari Klinton AQSh Davlat kotibi bo‘lganda uning shaxsiy elektron pochtasi serverini buzib kirgan ruminiyalik xaker o‘zining bu jinoyatlardagi aybini tan oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Guccifer taxallusidan foydalangan Marsel Lazar aybini Virjiniya shtatidagi Aleksandriya okrug sudi yig‘ilishida tan oldi.
Ta'kidlanishicha, xakerga hukmning chiqarilishi 2016 yil 1 sentabrga belgilangan.
Avvalroq ruminiyalik xaker Klintonning pochtasini bir necha marotaba buzib kirganini aytgandi.