Jahon | 17:12 / 25.05.2016
5173
1 daqiqa o‘qiladi

Savchenkoni olib uchgan samolyot Kiyevga qo‘ndi

Ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoni olib Rostov shahridan havoga ko‘tarilgan samolyot Kiyev shahridagi aeropaortga qo‘ngan. Bu haqda uchuvchini kutib olish uchun aeroportga chiqqan mamlakat prezidenti Petro Poroshenko o‘z tvitteri orqali ma'lum qildi.

"Ukraina Qahramoni Nadejda Savchenkoni olib uchgan prezident samolyoti yerga qo‘ndi!", deb yozgan Poroshenko.

"Nadejdani vatanga qaytgani bilan tabriklayman", deydi u feysbukdagi sahifasida.

Bu vaqtda Savchenkoning o‘rniga Rossiyaga qaytarilgan harbiy asirlar Aleksandr Aleksandrov va Yevgeniy Yerofeyev mingan samolyot Moskvadagi Vnukovo aeroportiga qo‘ngan.

Nashrlarda yozilishicha, bu asirlarni almashish bo‘yicha kelishuvga 24 may kuni "normand to‘rtligi" vakillari o‘rtasidagi telefon muloqoti chog‘ida erishilgan.