30 yoshli ayollarga 60 yoshlilardan maslahatlar
Margaret Manning - 60 yoshdan oshgan ayollar uchun mo‘ljallangan «Syxty and me» internet jurnali asoschisi. Ushbu nashr dunyoga o‘z hayoti haqida so‘zlab bergan haqiqatda ham buyuk ayollarni kashf etdi. Quyida e'tiboringizga hayotda ko‘p sinovlardan o‘tgan ana shu dono ayollarning maslahatlarini havola etamiz:
- Yodingizda bo‘lsin: hayot - general tayyorgarlik emas, u premera namoyishi.
- Yoshga doir o‘zgarishlarni minnatdorchilik bilan qabul qiling. O‘zligingizni saqlang.
- Ijobiy fikrlashga hamda hayotingizdagi har qanday holatda yaxshi tomonini topishga harakat qiling.
- Har bir kuningizdan zavq olib yashang, axir muyilishda sizni nima kutayotganini bilmaysiz-ku.
- Unutmang, hayot bir lahzada butunlay o‘zgarib ketishi mumkin.
- Yosh - bu shunchaki raqam, u sizning shaxsiyatingizni belgilab bermaydi.
- Bugungi kun bilan yashang.
- To‘rt devor ichidan chiqib sayr qiling.
- O‘zingizga hobbi toping. U sizni bir xillikdan qutqaradi.
- O‘zingizni aldamang. Bu qiyin, ammo u doim sizga qo‘l keladi.
- Jamiyatdagi yoshga doir stereotiplarni unuting.
- Yoshingiz ulg‘ayib borayotganidan xavotirga tushmang, zerikarli bo‘lmaslik haqida qayg‘uring.
- Biz qo‘rqamizmi yo‘qmi, qarishimiz muqarrar. Shunchaki yashang!
- Ilhomlanishdan to‘xtamang.
- Hayot - oddiy ko‘rinsa-da, uni yashab o‘tish har doim ham oson bo‘lmaydi. O‘qing, o‘rganing, sayohat qiling.
- Klassik usuldagi kiyimlarni sotib oling. Klassika doim urfda.
- Oyoq kiyimga ortiqcha pul sarflamang: erkaklar baribir unga qarashmaydi.
- Eski narsalarni yig‘mang. Keraksiz narsalardan xalos bo‘ling.
- Oddiy narsalarning qadriga yeting, o‘z hayotingizni o‘zingiz qiyinlashtirmang.
- Yaqinlaringizga mehr ulashing hamda o‘zingizga nisbatan qanday munosabatni istasangiz, ularga ham shunday munosabatda bo‘ling.
- Chin dildan va beg‘araz seving.
- O‘zingiz chin dildan xohlagan paytdagina farzandli bo‘ling. Aniq bir belgilangan vaqtning o‘zi yo‘q.
- Nafaqat boshqalarga, balki o‘zingizga ham achining.
- Ko‘proq suratga tushing. Ba'zi insonlar hayotingizdan ketishi mumkin, suratlar esa siz bilan abadiy qoladi.
- Kechirishni o‘rganing.
- Jahl va alamlardan xoli bo‘ling, xotirangizda faqat ijobiy his-tuyg‘ularni saqlang.
- Yaqin do‘stlar doirasini nazorat qiling, ortiqcha insonlarni u yerga yo‘latmang.
- Oilangizni qadrlang. U doim yoningizda bo‘ladi, qanday holat bo‘lmasin, hamisha yordam beradi.
- O‘zingizdan yoki do‘stlaringizdan jahlingiz chiqqan paytda uxlashga yotmang.
- Imkoni boricha yaqinlaringizga ularni sevishingizni eslatib turing.
- 30 yoshdan keyin hayotning yorqin damlari boshlanadi. O‘z chiroyingizni anglab yeting.
- O‘zgartirish qo‘lingizdan kelmagan narsalarga vaqtingizni ketkizmang.
- Yomon munosabatlarni uzing: boshqa insonni o‘zgartirib bo‘lmaydi.
- Teringizni parvarish qiling. Ko‘proq tabassum qiling!
- Ichki tuyg‘uingizga ishoning.
- O‘zingiz haqingizda yomon so‘zlamang. Hattoki bunday o‘ylamang.
- O‘zingizga nisbatan juda jiddiy yondashmang. Har narsani ko‘ngilga yaqin olavermang.
- Mukammallikka intilmang. Takrorlanmas bo‘ling.
- Farzandingizga ba'zan sizga o‘qituvchilik qilish imkonini bering.
- Jangchi kabi bo‘ling. Topqir va mustaqil bo‘ling.
- Qo‘rquv ustunlik qilishiga hech qachon yo‘l bermang.
- Aqliy jihatdan, jismonan va ruhan rivojlanishdan to‘xtamang.
- Keksalikning ijobiy tomonlarini qadrlashni o‘rganing: yillar o‘tgan sayin mas'uliyatingiz kamayib, erkinligingiz ko‘payadi.
- Boshqalar shug‘ullanayotgan ishingiz uchun yoshingiz kattalik (yoki kichiklik) qilishini aytishiga yo‘l qo‘ymang.
- Qo‘rqmang. 60 yoshdan o‘tganda hammasi yaxshi bo‘ladi. Tabiat bizni hayotning har bir bosqichiga tayyorlab boradi.
Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravishda xabardor bo‘lish uchun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo bo‘ling.