Texnologiya | 09:50 / 26.05.2016
4012
3 daqiqa o‘qiladi

Apple elektromobillar uchun zaryadlash stansiyalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqda

Apple elektromobillarni zaryadlash usullarinin o‘rganish, stansiya ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan maslahat olish va shu sohada ilg‘or bo‘lgan kishilarni ishga jalb etishni boshlab yubordi. Bu haqida Reuters xabar bermoqda.

Gap kompaniya xodimlarining elektromobillarini zaryadlash xususida bormoqda: bunday korporativ xizmat hozirda Apple idoralariga yetkazib berilmoqda. Reuters agentligining qayd etishicha, Apple mazkur holatda o‘zining xususiy mashinalarini yaratish uchun ma'lumotlar surishtirish ishlarini boshlab yuborgan. 

Apple ixtisoslashgan kompaniyalarning elektromobillarni zaryadlash texnologiyalariga qiziqish bildirmoqda. Kompaniyalar Apple’ni kelajakda raqobatdosh bo‘lish ehtimolini sezgan holda ehtiyotkorlik bilan javob berishmoqda. 

Jahon qurilish kompaniyalaridan biri Apple korporatsiyasiga xususiy stansiyalar tarmog‘ini qurish bo‘yicha alloqachon o‘z takliflarini bildirdi. Bu kabi xususiy Supercharger tarmog‘i Tesla kompaniyasida mavjud. 

Kompaniya mazkur sohada eng kami bilan to‘rt nafar mutaxassisni yolladi, ular orasida BMW sobiq xodimi Ronan O'Brennan ham bor. O'Brennan uy elektrotarmoqlarida zaryadli stansiyalarni integratsiyalash loyihasi bo‘yicha ishlagan, shuningdek, elektromobillar orasidagi kommunikatsiya ustida ham faoliyat olib borgan. 

Yil boshida Apple yana ikkita boshqa ekspertlarni yolladi. Nan Lyu elektromobillar uchun simsiz zaryadkalar tadqiqoti bilan shug‘ullandi. Kurt Adelberger esa Google’dagi anologik soha bo‘yicha faoliyat yuritdi.

Apple xodimlari bu borada izoh berishdan bosh tormoqda. Apple muzokaralar olib borishi taxmin qilinayotgan kompaniyalar ham mazkur mavzu yuzasidan biron-bir ma'lumot aytishni istamadi.

"Elektromobillar bozoridagi muammo tovuq va tuxumlar klassik dilemmasini yodga soladi", deydi Reuters.

Hozircha elektromobillar uchun zaryadlash stansiyalari kamligi tufayli iste'molchilar oddiy mashinalarda ulardan foydalanishni istashmaydi. Shu bilan birga ko‘chmas mulk egalari ham ko‘chalarda elektromobillar yetarlicha bo‘lmagani sababli zaryadlash stansiyalarini qo‘yish zarur emasligini qayd etishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish