Fan-texnika | 08:44 / 26.05.2016
6279
2 daqiqa o‘qiladi

Dubayda tarkibiy qismlari 3D-printerda bosilgan birinchi bino ochildi

Dubayda tarkibiy qismlari 3D-printerda bosilgan birinchi ofis binosi ochildi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Bu 3D-printerda bosilgan dunyodagi birinchi binodir. Bu nafaqat shunchaki bino, balki to‘liq funksional idora va personalga ega binodir", deb BAA vazirlar mahkamasi ishlari bo‘yicha vazir Muhammad al-Gargaviyning so‘zlarini keltirib o‘tdi nashr.

Uning aytishicha, 3D-bosma qurilish vaqtini 50-70 foizga va mehnat sarfini 50-80 foizga qisqartiradi. 

Shahar rahbariyatining ma'lum qilishicha, yangi binodagi ofislar sementning maxsus aralashmasi qo‘llangan holda yaratilgan. Bu aralashmaning ishonchliligi Buyuk Britaniya va Xitoyda sinovdan o‘tgan. 

Bir qavatli bu binoning maydoni 250 kvadrat metrni tashkil qiladi.

Yoysimon konstruksiyaning yaratilishi 17 kunni egalladi va 140 ming dollarga aylandi. Bino loyihani amalga oshirgan Dubay kelajak jamg‘armasining vaqtinchalik qarorgohi sifatida xizmat qiladi.

Britaniya OAV ma'lumotlariga ko‘ra, 203 yilga kelib Dubayda quriladigan 25 foiz binolar 3D-printerlarda bosiladi.