Jahon | 09:58 / 26.05.2016
4807
1 daqiqa o‘qiladi

Xirosimada atom bombasidan tirik qolganlar Obama bilan uchrashadi

AQSh prezidenti Barak Obamaning 27 may kuni Xirosimadagi atom bombasi qurbonlari uchun o‘rnatilgan yodgorlik poyiga gul qo‘yish marosimida, yadro hujumidan omon qolgan 4 nafar yaponiyalik ham qatnashadi, deb xabar qilmoqda Kyodo agentligi. 

Qayd etilishicha, Barak Obama ikkinchi jahon urushi davrida atom bombasi tashlangan Yaponiya shahriga tashrif buyurayotgan birinchi Amerika prezidenti sifatida tarixda qoladi. 

Xabarlarga qaraganda, Obama to‘planganlar oldida qisqa ma'ruza qiladi, shundan so‘ng, uning atom hujumlaridan omon qolgan yaponlar bilan uchrashishiga imkoni bo‘ladi. 

Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlari 1945 yil avgustida AQSh tomonidan bombardimon qilingan, shundan so‘ng Yaponiya taslim bo‘lishga majbur bo‘lgan edi. Ikki shaharga uyushtirilgan dahshatli hujum oqibatida 210 ming kishi qurbon bo‘lgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish