Jahon | 14:18 / 26.05.2016
5922
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: muhojirlar Moskvada yangi tartibsizliklarga hozirlik ko‘rmoqda

Moskva operativ xodimlari, Rossiyaga yaqin xorijdan kirib kelgan muhojirlarning ommaviy to‘planish joylarini aniqlamoqda. «Rosbalt»ning huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayangan holda xabar qilishicha, minglab muhojirlarning noroziligi tufayli tartibsizliklar kelib chiqishi mumkin

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Xovan qabristonidagi ommaviy to‘polonlardan so‘ng, etnik jinoyatlar bilan shug‘ullanuvchi operativ xodimlar rahbariyat tana dashnomiga qolgan. Endilikda, ular O‘rta Osiyo mamlakatlaridan kelgan muhojirlar ko‘plab to‘planuvchi har qanday inshootni jiddiy nazorat ostiga olish bo‘yicha ko‘rsatmaga ega. 

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, Moskva aylanma yo‘li (MKAD) va Lyublinodagi bir qator bozorlardagi vaziyat ancha qaltis. 

Ziddiyatlar sababi esa, hamon o‘sha-o‘sha, muhojirlar o‘z daromadlarining sezilarli qismini "mahalliy to‘plovchi"larga berishdan norozi, deb yozmoqda gazeta. 

Manbaning aytishicha, gap ayni vaqtda yuzlab emas, balki "istalgan vaqtda armatura va tayoqlarni qo‘lga olishga shay turgan" minglab muhojirlar haqida bormoqda. 

Avval xabar berganimizdek, 14 may kuni Moskvaning Xovan qabristonida muhojirlar va mahalliy aholi vakillari o‘rtasida ro‘y bergan ur-to‘polonda  otishma ham ro‘y bergan, buning oqibatida 3 kishi halok bo‘lgandi. 29 kishi shifoxonaga yotqizilgan, ularning 4 nafarining ahvoli og‘irligi aytilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish