Jahon | 16:30 / 26.05.2016
4260
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada terrorchilar uchun maxsus qamoqxona tashkil qilinishi mumkin

Rossiya IIV ekstremizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi vakili Denis Kornikovning ma'lum qilishicha, hozirgi vaqtda, turli davlat idoralari, xususan, Xavfsizlik xizmatida terrorchilar uchun maxsus qamoqxonalar tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. 

RIA «Novosti»ning xabariga qaraganda, terrorizm va ekstremizm uchun javobgarlikni qat'iylashtiradigan «aksilterror» qonun loyihalari  Davlat dumasi muhokamasiga kiritilgan. 

Ularga ko‘ra, ikki yoki undan ko‘p fuqarolikka ega shaxs, terrorchiligi uchun sudlangan taqdirda, Rossiya fuqaroligidan mahrum etish ko‘zda tutilgan. 

Bundan tashqari, terrorchilikni oshkora targ‘ib qilish yoki internetda terrorizmni yoqlash yoinki ma'qullash uchun 1 mln rubl miqdorida jarima solish yoki 5 yilgacha qamoq jazosi tayinlash ilgari surilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish