Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi telekanallar xabarlarni subtitrlar orqali uzatishi shart qilib qo‘yiladi
Rossiya aloqa vazirligi telekanallar dasturlar efirda subtitrlar orqali uzatilishini majbur qilib qo‘yish bo‘yicha taklif berdi. Taklif "Tele va radioeshittirishlarni litsenziyalash haqida" nomli 1025-raqamli hukumat qarorida keltirilgan. Bu qaror asosida o‘zgarishlar 2017 yilning martidan kuchga kiradi. Bu ma'lumot Aloqa vaziri o‘rinbosari Aleksiy Volin tomonidan tasdiqlangan.
Birinchi navbatda bu o‘zgarishlar 10ta asosiy kanalga, «Pervyy», «Rossiya-1», «Match TV», «NTV», «Pyatyy kanal», «Rossiya-K», «Rossiya-24», «Karusel», «OTR» va «TV Tsentr» telekanallariga taalluqli bo‘ladi.
Birinchi bosqichda 2017 yil davomida efirning 14 soatidagi dasturlar subtitrlar bilan uzatiladi. 2020-2021 yillarda bu ulush 1,5 soatga uzayadi. Kanallar aynan qaysi dasturlar subtitrlar bilan berilishni mustaqil ravishda hal qiladi.
2020-21 yillardagi ikkinchi bosqichda nafaqat davlat kanallari, balki xususiy telekanallarga ham bu o‘zgarishlar joriy qilinishi rejalashtirilgan.