Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Putin Federal qo‘riqlash xizmati rahbarini o‘zgartirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevgeniy Murovni Federal qo‘riqlash xizmati (FQX) rahbari lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.
Putin qaroriga, Murovning o‘z xohishiga ko‘ra yozgan arizasi asos qilib ko‘rsatilgan.
Putin, shuningdek, Dmitriy Kochnevni FQXga rahbar etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorni ham qabul qilgan. U 2015 yil dekabridan Prezident xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.
Federal qo‘riqlash xizmati, mamlakat rahbariyatini qo‘riqlash va ularni himoyalangan aloqa bilan ta'minlash bilan shug‘ullanadi. FQX maxsus xizmat hisoblanadi va operativ-qidiruv ishlarini olib borish huquqiga ega. U bevosita davlat rahbariga bo‘ysunadi.