Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyek Ma tadbirkorlar uchun "elektron" yo‘l yaratishni taklif qildi
Alibaba Group kompaniyasi direktorlar kengashi asoschisi va raisi Jyek Ma Osiyo, Yevropa va AQSh o‘rtasida tadbirkorlar uchun bepul "elektron" yo‘lni yaratishni taklif qildi. Bu haqda RNS ma'lum qildi.
"Misol uchun, bizda Ipak yo‘li bor. Biz elektron yo‘l qurish haqida o‘ylab ko‘rganmizmi? Osiyo va AQSh, AQSh va Yevropa o‘rtasidagi elektron yo‘l. Bu elektron yo‘l orqali istalgan kichik biznes bepul yurishi va o‘z biznesini bepul yuritishi mumkin. Bu yo‘lda mobil telefoni bor istalgan odam istalgan narsa sotishi va sotib olishi mumkin", deb aytdi Ma Ostona iqtisodiy anjumani yalpi sessiyasida.
Xitoylik tadbirkorning ta'kidlashicha, oxirgi 20 yilda globalizatsiya rivojlanayotgan davlatlar va kichik biznesga naf keltirmadi, "elektron" yo‘l esa bu vaziyatni yaxshilashi mumkin.