Jamiyat | 10:09 / 27.05.2016
4456
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda barcha antibiotiklarga chidamli superbakteriya aniqlandi
AQSh sog‘liqni saqlash idoralari bemor ayolda antibiotiklar bilan davolab bo‘lmaydigan birinchi bakteriyani aniqlashdi, deb xabar berdi Reuters agentligi.
Gap Pensilvaniya shtatida yashovchi 49 yoshli ayol haqida ketmoqda, u siydik tizimidan kasallangan.
"Bizda postantibiotik dunyoda yashash xavfi paydo bo‘ldi", - dedi kasalliklarni nazorat qilish va davolash markazi rahbari Tomas Friden. Ayoldagi bakteriyani hattoki "dahshatli bakteriya" bilan kurashish holatlariga mo‘ljallangan kolistin antibiotigi bilan ham bartaraf etishning iloji bo‘lmadi.
Bemor ayolda topilgan superbakteriya zararlangan plazmid - mcr-1 nomli genga antibiotiklarga chidamlilikni uzatuvchi DNK bo‘lagi hisoblanadi.