Jahon | 17:25 / 27.05.2016
6118
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada bir kilometrli yo‘lovchi poyezdi harakatga tushdi

Avstraliyada 1,1 km. uzunlikka ega yo‘lovchi poyezdi ishga tushdi. «Gan» (Ghan) tarkibida 44 ta vagon bor. The Daily Mail’ning ma'lum qilishicha, avval poyezdning uzunligi 200 metr bo‘lib, vagonlari soni 30 ta bo‘lgan.

Shu ma'noda, yangilangan «Gan» Avstraliyadagi eng uzun poyezd bo‘ldi. 22 may kuni u mamlakat bo‘ylab birinchi sayohatini boshladi va janubiy Adelaidadan shimoliy Darvingacha kezib chiqdi. Sayohat uch kun davom etdi.

 «Gan»ning o‘rtacha tezligi soatiga 85 km.ni tashkil etadi. U soatiga 116 km. tezlikkacha chiqa oladi. Umumiy og‘irligi 2,2 ming tonna. Uni ikkita lokomativ tortadi.

ar yilning may oyidan avgustiga qadar mamlakatning janubidan shimoliga tomon harakatlanadi. 

 «Gan»ning ilk vakili 1929 yilda harakatlangan edi. 1980 yilda harakatdan to‘xtatilgan edi.    

Ma'lumot uchun: dunyodagi eng uzun poyezd Belgiyada harakatlanadi. Uning uzunligi 1,7 km bo‘lib, 70 ta vagondan iborat. Og‘irligi esa 2,7 ming tonna. U 1991 yildan buyon harakatda.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish