Sport | 17:59 / 27.05.2016
12116
2 daqiqa o‘qiladi

Fotolavha: "Universiada-2016" sport o‘yinlarining ochilish marosimi

26 may kuni Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Universiada – 2016” respublika sport o‘yinlarining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.

“Universiada – 2016” sport musobaqalarining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tdi.

“Universiada – 2016” sport o‘yinlari mash'alasini boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon va Osiyo chempioni, o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibi, kattalar o‘rtasida Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori, Olimpiada yo‘llanmasi sohibi Bektemir Meliqo‘ziyev va tennis bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, xalqaro turnirlar hamda 2014 yil Namanganda o‘tgan “Barkamol avlod” o‘yinlari sovrindori, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Sarvinoz Saidxo‘jayeva yoqdi.

“Universiada – 2016” sport o‘yinlari 15 sport turi – basketbol, boks, voleybol, gandbol, dzyudo, yengil atletika, og‘ir atletika, stol tennisi, suzish, taekvondo (WTF), tennis, futbol, shaxmat, erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha tashkil etilmoqda. Ushbu sport turlarining deyarli barchasi Olimpiada dasturidan joy olgan. Unda mamlakatimiz hududlarida o‘tgan saralash musobaqalarida g‘olib chiqqan yigit-qizlar qatnashmoqda.

 

 

 

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish