Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:33 / 27.05.2016
10003
1 daqiqa o‘qiladi
G7 tomonidan Rossiyaga nisbatan uzaytirilgan sanksiyalarga Kreml izoh berdi
“Katta yettilik” davlatlarining rahbarlarining qarori global iqtisodiyot va xalqaro ishlar uchun hech qanday ijobiy natija bermaydi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov gapirib o‘tgan.
“Biz mazkur qaror dunyo global iqtisodiyotida ijobiy mohiyat beradi, deb o‘ylamaymiz. Holbuki forumda yig‘ilishdan maqsad bu muammolarni hal etish edi”, - dedi u.
Peskovning ma'lum qilishicha, bu masala Moskva kun tartibiga kiritilmagan.