Jahon | 17:21 / 27.05.2016
4048
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston TIV Rossiyadan muhojirlarning “qora ro‘yxati”ni qisqartirishni so‘radi

Bishkekda o‘tgan Rossiya va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirliklari xodimlari o‘rtasidagi uchrashuvda Qirg‘iziston TIV Rossiya tomonidan muhojirlarning “qora ro‘yxati”ni qisqartirishni so‘radi. Bu haqda Qirg‘iziston TIV matbuot xizmati ma'lum qilgan.

“Qora ro‘yxat”ga kiritilgan shaxslar Rossiyaning muhojirlik to‘g‘risidagi qonunchiligini buzganlar bo‘lib, Qirg‘iziston fuqarolari hisoblandi.

Uchrashuv Qirg‘iziston TIVning konsullik xizmati departamenti rahbari Erkin Asangulov va RF TIV konsullik departamenti rahbari o‘rinbosari Andrey Frolov o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Rossiyadagi qirg‘izistonlik mehnat muhojirlarining qolish va chiqish masalalarini muhokama etishdi.

Bundan tashqari, 16 yoshga to‘lmagan qirg‘izistonlik fuqarolarning RF chegarasidan o‘tkazishning texnik tomonlariga ham to‘xtalib o‘tilgan. Rossiya tomoni bu masalada ham hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirib o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish