Jahon | 12:40 / 27.05.2016
4958
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston 2017 yilgi ShHT sammitiga mezbonlik qiladi

Qozog‘iston 2017 yilgi ShHT sammitini o‘tkazadi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov ma'lum qilgan.

Qozog‘iston TIV rahbari Shanxay hamkorlik tashkilotining moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishida ishtirok etgan. Bu yig‘ilishda 2017 yilgi sammit masalasi ko‘tarilgan.

"Qozog‘iston Toshkentdagi sammitda ShHT raisligini O‘zbekistondan qabul qilib oladi. Bu biz uchun katta ahamiyatga ega. Albatta, Qozog‘iston o‘z raisligi davrida ShHTning ko‘p tomonlama rivojlanish siyosatini davom ettiradi. Albatta, biz 2017 yilning iyunida o‘tkaziladigan sammitga jiddiy tayyorlanamiz", deya Idrisovning so‘zlarini keltiradi Kaztag agentligi.

Idrisovning ta'kidlashicha, Qozog‘iston ShHT faoliyatini yanada yaxshilash uchun maksimal darajada harakat qiladi.

Toshkentndagi 2016 yilgi sammit 23-24 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish