Sport | 07:35 / 27.05.2016
8022
2 daqiqa o‘qiladi

Krishtianu Ronaldu: "O‘g‘lim Beyl mendan tezroq ekanligini aytib jig‘imga tegadi"

Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning aytishicha, uning 5 yashar o‘g‘li Kichik Krishtianu otasini qirollik klubining boshqa bir o‘yinchisi Garet Beyl bilan taqqoslashi bilan jig‘iga tegar ekan. Portugalning aytishicha, o‘g‘lining bu hazillari uni aslo xafa qilmaydi.

"Men doimo o‘g‘lim bo‘lishini istaganman, u meni kuchli  o‘zgartirdi. U ba'zida yonimga kelib "Dadajon, Beyl sizdan tezroq" deb aytadi. Men esa unga "Buni qayerdan olding? Hech kim sening dadangdan tezroq emas", deb javob beraman. U esa: "Ha, biroq maktabda u sizdan tezroq ekanligini, Messi esa intervyusida sizning o‘ng oyog‘ingizni istashini aytganini aytishdi". U shunga o‘xshash biror luqma tashlashni yaxshi ko‘radi va bu meni zavqlantiradi", deb o‘z o‘g‘lining odatlari bilan bo‘lishdi superfutbolchi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish